Yangiliklar

Kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalar ijrosi muhokama qilindi
#kunlik_ishlar_muhokamasi

Kotibiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va vazifalar ijrosi muhokama qilindi

22-oktabr kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyatida kunlik faoliyat samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda navbatdagi ishlarni muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan ishchi muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada deputatlar faoliyatini samarali tashkil etish, saylov okruglarida aniqlanayotgan muammolarni o‘z vaqtida o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, topshiriqlar ijrosini muntazam tahlil qilish, mas’ul xodimlar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijalarga erishishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Kunlik muhokamalar kotibiyat faoliyatini tizimli tashkil etish, deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish va hududdagi dolzarb masalalarning amaliy yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram  . Instagram . Facebook . Youtube .  E-kengash