Yangiliklar

PEDAGOGIKA TEXNIKUMI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

#deputat_faoliyati
#kotibiyat_va_tashkilot_hamkorligi

🏫 PEDAGOGIKA TEXNIKUMI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani kengashi 11-Muqumiy saylov okrugi deputati Z.Shodmonov, Respublika ishchi guruhi a’zosi Sh.Maksudov hamda Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari D.Djabbarova Bog‘ishamol mahallasida joylashgan Pedagogika texnikumi faoliyatini o‘rgandilar.

Tashrif davomida ta’lim jarayoni, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim sifatini oshirish borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, yoshlarning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6