Yangiliklar

DORI VOSITALARI VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATI SOHASIDAGI QONUN HUJJATLARI IJROSI O‘RGANILDI

 DORI VOSITALARI VA FARMATSEVTIKA FAOLIYATI SOHASIDAGI QONUN HUJJATLARI IJROSI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish doirasida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, dori vositalarining muomalasi hamda ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosiga e’tibor qaratildi.

👍 Shuningdek, sohada mavjud masalalarni aniqlash, qonunchilik ijrosini ta’minlash va mas’ul tashkilotlar faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

✅ Maqsad — qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan ishlarni o‘rganish.