DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOTLAR HAMKORLIGI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, deputat S. Djumanova tomonidan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida monitoring va o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining faoliyati, ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud holatni monitoring qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
👍 Shuningdek, doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, mavjud masalalarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
✅ Maqsad — ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va deputatlik nazoratini samarali tashkil etish.