BOZORLARDA ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARIGA RIOYA ETILISHI O‘RGANILMOQDA
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, sport va madaniyat masalalari bo'yicha doimiy komissiya deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 59-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tumandagi bozorlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 O‘rganishlar davomida iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi, mahsulotlar sifati, narx-navoning shaffofligi, savdo qoidalariga amal qilinishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlarga e’tibor qaratilmoqda.
🤝 Shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida mas’ul davlat organlari va tashkilotlar hamkorligini samarali tashkil etish masalalari ham o‘rganilmoqda.
✅ Maqsad — iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, savdo sohasida qonuniylikni ta’minlash va aholi uchun munosib sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashish.