Yangiliklar

MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

 MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Flora Xolmuratova tomonidan 29-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurilib, maktab sport zalining holati hamda ta’lim muassasasining sport jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida sport zalidan foydalanish sharoitlari, mavjud sport anjomlari va o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ O‘rganishdan maqsad — maktabda sport bilan shug‘ullanish uchun munosib sharoitlarni aniqlash, mavjud ehtiyojlarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashish.

Slide 1 of 4