Yangiliklar

Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi haftalik yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi haftalik yig‘ilish o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati tomonidan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari rahbarlari hamda mutaxassislari ishtirokida videokonferensiya aloqa tizimi orqali navbatdagi tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.

📊 Yig‘ilishda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar holati, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish hamda Kengashlar faoliyati natijadorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

⚡️ Muhokamalar yakunida mavjud holat tanqidiy-tahliliy ruhda baholanib, ayrim yo‘nalishlarda to‘liq yakunlanmagan ishlar ko‘rib chiqildi. Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda Kengashlar faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2