#tabrik #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI MUBORAK BO‘LSIN!
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etadi!
📚 Ona tilimiz — millatimizning bebaho boyligi, milliy o‘zligimiz, boy tariximiz, ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizning yorqin ifodasidir. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani xalqimiz hayotidagi muhim tarixiy voqealardan biri bo‘ldi.
✨ Bugun davlat tilining nufuzini yanada yuksaltirish, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, boy imkoniyatlarini keng targ‘ib etish hamda kelajak avlodlarga sof va boy holda yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir.
💐 Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik va ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🇺🇿 Ona tilimizning qadri va nufuzi hamisha yuksak bo‘lsin!
🇺🇿 Hurmat bilan, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash