Yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.

 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar. O‘rganish davomida sport zalining holati, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni sportga jalb etish, jismonan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda maktab sport zallarining
ahamiyati xususida fikr almashildi.
Deputatlar ta’lim muassasalarida sport bilan shug‘ullanish uchun munosib sharoitlar yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladilar. 

Slide 1 of 3