Yangiliklar

INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

INSON QADRI VA BEMORLAR UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Pop tumani Kengashi deputati U.Sayfiddinova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Namangan viloyati mintaqaviy vakili J.Valiyev bilan hamkorlikda tuman tibbiyot birlashmasining alkogolga qaramlikdan davolanish bo‘limida bo‘lib, mavjud holat bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida bo‘limda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, sanitariya-gigiyena talablari hamda bemorlarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5