PQ-393-SON QAROR IJROSI: QURILISH ISHLARI YAKUNLANDI, JIHOZLAR O‘RNATILMOQDA
📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori ijrosi yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.
✅ O‘rganish jarayonida qurilish ishlari yakunlangan obyektning bugungi holati ko‘zdan kechirildi.
🌐Hozirgi vaqtda binoning ichki qismini zarur jihozlar bilan ta’minlash, olib kelingan uskunalarni joylashtirish va o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
🤩 Qurilish bosqichining yakunlangani muhim natija bo‘lib, ayni paytda obyektni foydalanishga tayyorlash uchun jihozlash ishlari davom ettirilmoqda.
📍 Mazkur o‘rganishlardan maqsad — Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish, obyektlarni belgilangan talablar asosida jihozlash hamda ularni sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirishga ko‘maklashishdan iborat.
🌐Hududlar infratuzilmasini rivojlantirish — aholi uchun munosib sharoitlar yaratish yo‘lida!