Yangiliklar

INKLYUZIV TA’LIM HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

 INKLYUZIV TA’LIM HOLATI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏫 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala — tumanda inklyuziv ta’limni tashkil etish holatini o‘rganish doirasida A. Navoiy mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🌐 O‘rganish davomida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning ta’lim olish imkoniyatlari hamda inklyuziv ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganishdan maqsad — mavjud holatni tahlil qilish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish orqali inklyuziv ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashish.

👍 O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada masalani atroflicha muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.