Yangiliklar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi

🌐Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G. Bozorova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida “SANEG” MCHJ faoliyati ko‘zdan kechirilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obyektning qulay va to‘siqlarsiz muhit talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

✅Shuningdek, kirish-chiqish yo‘laklari, sanitariya-gigiyena xonalari hamda xizmat ko‘rsatish jarayonida yaratilgan imkoniyatlar holati o‘rganildi.

🌐Monitoring yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda inklyuziv muhitni rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1