Yangiliklar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Akramov, Kengash huzuridagi
Yoshlar maslahat guruhi rahbari J.Abdurashidov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi
A.Fozilovlar tumandagi 7-son umumiy o‘rta ta’im maktabining kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik holati o‘rganildi
 

O‘rganish davomida 7-son umumiy o‘rta ta’im maktabida kuz-qish mavsumini
munosib o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Xususan, “Sharq Javohiri” MChJ tomonidan qozonxonalarda olib borilayotgan
ta’mirlash ishlari, isitish tizimlarining texnik holati hamda ularning mavsum
davomida barqaror ishlashini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Shu bilan birga, ayrim isitish jihozlarini qo‘shimcha sozlash,
qozonxonadagi ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatda yakunlash hamda isitish
tizimini mavsum boshlanishidan oldin sinovdan o‘tkazish zarurligi aniqlandi.
 

Aniqlangan muammo “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi va
uning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 2