Yangiliklar

🤝 MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati A.Babojanov tomonidan Xiva shahri Shixlar MFYda mahalla yettiligi faoliyati hamda ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda mavjud masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3