Yangiliklar

Ishsizlik_va_kambagʻallikni_qisqartirish

 DEPUTAT YORDAMI: IJTIMOIY REESTRDAGI FUQAROGA DAVOLANISH UCHUN ORDER AJRATILDI
Oʻrganish va aniqlangan muammo:
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Neʼmatjon Moʻminov Nukus mahallasida yashovchi, Ijtimoiy reyestrda turgan fuqaro Oʻgʻiljon Rajabova xonadonida boʻldi.
Uchrashuv davomida fuqaroga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati oʻrganilganda, uning viloyat shifoxonasida davolanishi uchun tibbiy "order" ajratilishi boʻyicha muammosi borligi aniqlandi.
Natija:
Deputatning aralashuvi va saʼy-harakatlari bilan ushbu masala joyida ijobiy hal etilib, fuqaro Oʻgʻiljon Rajabovaga viloyat kasalxonasida bepul davolanish uchun zarur boʻlgan order ajratilishi taʼminlandi.