Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Murzametova Marina tomonidan “Ahilobod” hududidagi futbol maydonining holati hamda amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan tanishildi.
📌O‘rganish davomida futbol maydonida olib borilayotgan ishlar, mavjud infratuzilmaning holati va sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishlarning qay darajada amalga oshirilayotgani va ularni davom ettirish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
⚽️Futbol maydonini tartibga keltirish, hududni obodonlashtirish hamda yoshlar va bolalar uchun qulay sport muhitini yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
🤝Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishini kuzatib borish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda obodonlashtirish ishlarini nazorat qilish davom ettiriladi.