Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Fuqaro murojaati o‘rganilib, huquqiy tushuntirish berildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati O.Aliqulov tomonidan Shodlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati o‘rganildi.

Murojaat davomida fuqaro tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida kredit olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilganligi aniqlandi. Deputat tomonidan fuqaroga kredit ajratish tartibi, belgilangan talablar hamda qonuniy asoslar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolariga qonuniy yechim topish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 1