Yangiliklar

Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlash holati o‘rganildi

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35

Ko‘p qavatli uylardagi liftlarning ishlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘. Omonov va xalq deputatlari Termiz tuman kengashi kotibiyat mudiri A. Avliyakulov bilan birgalikda o‘zi saylangan Yangiobod MFYdagi ko‘p qavatli uylar liftlarining ishlash holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida liftlarning sozligi, uzluksiz ishlashi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklar holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 12-bandi ijrosi yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu masala deputatlik nazoratiga olinib, mavjud muammolarni bartaraf etish va fuqarolar uchun qulay sharoitlarni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3