Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tuman statistika bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari o‘rganildi
Bandixon tumanida davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash va qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati I.Xalmatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tuman statistika bo‘limida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni talablari asosida nazorat-tahlir tadbirini o‘tkazdilar.
Monitoring davomida statistik ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash mexanizmlari, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasidagi ichki nazorat tizimi hamda xodimlarning huquqiy savodxonligi holati ko‘rib chiqildi. Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan sohadagi ochiqlikni yanada oshirish va korrupsion xavflarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.