#haftalik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
BEPUL DORI-DARMON BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev tomonidan o‘zi saylangan Uchqizil MFY hududidagi tuman tibbiyot birlashmasida aholiga bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi.
O‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 9-bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.
Jarayon davomida aholining imtiyozli va bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, dori vositalarining mavjudligi hamda ularni fuqarolarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholining bepul dori-darmon bilan ta’minlanishi masalasini deputatlik nazorati doirasida kuzatib borish belgilandi.