Asosiy maqsad — aholining ehtiyojmand qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda har bir oilaning muammosiga manzilli yechim topishdan iborat.
✨Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 4-okrug deputati O‘.Jo‘rayev tomonidan Yangi Bo‘zsuv mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✨O‘rganish davomida mahallada jami 85 ta oila Ijtimoiy reyestrga kiritilgani, shundan 17 tasi qizil, 13 tasi yashil toifadagi oilalarni tashkil etishi aniqlandi.
✨ Shuningdek, reyestrga kiritilgan 54 ta oilaga bolalar nafaqasi tayinlangani, nafaqalarni to‘lash holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.
✨Ijtimoiy xodimining ehtiyojmand oilalar bilan ishlash samaradorligi, ularning muammolarini aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.