Yangiliklar

#kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #19-band #162 ta qonunlar ijrosi “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyati qonun ijrosi doirasida o‘rganildi

Hududlarda madaniy merosni asrab-avaylash, madaniyat muassasalari faoliyatini takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy-ma’rifiy xizmatlar sifatini oshirish mahalliy Kengash deputatlari tomonidan olib borilayotgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovning saylov okrug hududidagi “Mehrobod” mahallasida joylashgan “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish”ning 19-bandi — hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar holatini o‘rganish vazifasi doirasida tashkil etildi.

O‘rganishning huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-177-sonli “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur Qonun muzeylarni tashkil etish va ularning faoliyatiga oid munosabatlarni tartibga solish, muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash, o‘rganish hamda ommaga namoyish etishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Nazorat-tahlil jarayonida Qonun talablari ijrosi nuqtayi nazaridan muzey fondlarini shakllantirish, muzey ashyolarini hisobga olish, saqlash va muhofaza qilish, ekspozitsiyalarni yangilash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda muzey faoliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aholining turli qatlamlarini, xususan, yoshlar, o‘quvchilar va talabalarni muzeylarga keng jalb etish, ta’lim va ilmiy muassasalar, mahallalar hamda turizm sohasi bilan hamkorlikni rivojlantirish, muzey eksponatlarini raqamlashtirish, elektron kataloglarni shakllantirish va madaniy merosni kelajak avlodlarga yetkazish bilan bog‘liq masalalar tahlil qilindi.

Bundan tashqari, muzey mulkini asrash, moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar va mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqish, muzey-qo‘riqxona faoliyatini yanada takomillashtirish hamda madaniy merosni asrashga qaratilgan ishlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratiladi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini joylarda o‘rganish, madaniy merosni muhofaza qilish, muzeylar faoliyatining samaradorligini oshirish va aholining tarixiy-madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan ishlarni takomillashtirishdan iborat.

Slide 1 of 6