Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

TIBBIYOT MUASSASASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati Y.Berdiyarov tomonidan Saxovat mahallasi hududida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi tarkibidagi 2-sonli poliklinika qurilish ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlari ko‘zdan kechirilib, binoning birinchi qavatini bitkazish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

Mazkur poliklinikaning foydalanishga topshirilishi aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3