Yangiliklar

#Deputat_faoliyati

🔰Tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan “O‘rtaovul” mahallasida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔰O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud ehtiyojlaridan kelib chiqib, tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔰Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

🔰O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3