Yangiliklar

Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi


Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tumandagi “Rovatak” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning amalda bajarilishi, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilayotgan ishlar, soliq tushumlarini ta’minlash, mavjud soliq qarzdorliklarini kamaytirish hamda fuqarolarga soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish berish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2