“Quvonch” mahallasida “Otaliqqa olingan yoshlar” bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
🏘️ “Quvonch” mahallasida otaliqqa olingan 15 nafar yoshlar bilan Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov ishtirokida ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.
💬 Uchrashuv davomida yoshlarning muammolari, taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi. Shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda kelgusidagi reja va maqsadlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.
📌 Mazkur muloqotda mas’ullar tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
✨ Ta’kidlanganidek, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.