#Biriktirilgan_tashkilot #kotibiyat_xodimi_faoliyati #deputat_faoliyati
#nazorat_tahlil #doimiy_komissiya_faoliyati
Deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q.Igamberdiyeva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan deputatga biriktirilgan Mudofaaga ko‘maklashuvchi Qiziriq tumani «Vatanparvar» tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tashkilot faoliyati, yoshlar bilan ishlash, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sport va texnik yo‘nalishlarga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, deputatga biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida hamkorlikni yanada kuchaytirish, tashkilot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va belgilangan yo‘nalishlarda birgalikda ish olib borish yuzasidan tegishli taklif va rejalar belgilab olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram