Bugun Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, deputat S. Amonov tomonidan tuman Kengashining 15-“Yangi shahar” saylov okrugi deputati D. Qo‘ziyevaning saylov okrugi hududidagi «Yangi shahar» mahallasida joylashgan yog‘och va temir eshik hamda darvozalar tayyorlaydigan ustaxonalar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ustaxonalarda ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan mehnat sharoitlari, mavjud ish o‘rinlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami bilan tanishildi.
Shuningdek, mahallada hunarmandchilik va kichik ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni kasb-hunarga jalb etish va bandligini ta’minlash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini kengaytirishga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mahalladagi har bir ish o‘rni — oila daromadi, aholi farovonligi va hudud iqtisodiy faolligining muhim omilidir.