📍 Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish — muammoga yechim sari muhim qadam
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kariyev tomonidan Komiljon Otaniyazov mahallasida ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi bilan bevosita muloqot qilgan holda ularning murojaat va muammolari o‘rganilmoqda.
🔹 Aholini qiynayotgan masalalar tinglanmoqda;
🔹 Muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda;
🔹 Yechimi deputat vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha tegishli taklif va choralar belgilanmoqda.
🤝 Maqsad — aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish va mavjud muammolarni amaliy hal etishga ko‘maklashish.