Yangiliklar

TURON MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA FAOLIYAT REJASI BELGILANDI

TURON MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA FAOLIYAT REJASI BELGILANDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Mardanova Dilfuza Abdixalilovna tomonidan Turon mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasi ishlab chiqildi.
📊 Mahalladagi mavjud holat:
🔹 Ijtimoiy reyestrda — 27 ta oila;
🔹 shundan 16 tasi davlat ta’minotidagi, 2 tasi kambag‘al, 7 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar;
🔹 32 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va barqaror daromad manbaini yaratish;
🔹 10 ta mikroloyiha tashkil etish orqali kamida 20 ta yangi ish o‘rni yaratish;
🔹 uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 138 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan ishlash belgilangan.
🤝 Ijtimoiy xizmatlar yo‘nalishida ijtimoiy reyestrdagi oilalarning ehtiyojlarini o‘rganish, 2 nafar fuqaroga ijtimoiy, 3 nafar fuqaroga ta’lim, 5 nafar fuqaroga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini hamda 2 nafar fuqaroning daromadli mehnat bilan ta’minlanishini nazorat qilish ko‘zda tutilgan.
🏘 Ijtimoiy infratuzilma yo‘nalishida Turon mahallasidagi infratuzilmani yaxshilash, mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘lini ta’mirlash, 1 dona transformator podstansiyasini mukammal ta’mirlash va 1,8 km elektr uzatish tarmog‘ini ta’mirlash vazifalari belgilangan.
⚡️ Shuningdek, investitsiya dasturi asosida Pastdarg‘om tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasining havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish loyihasi ijrosi ham monitoring qilinadi.
💻 Mahallada yoshlarni xorijiy tillar va raqamli texnologiyalarga o‘qitishga mo‘ljallangan IT shaharcha, savdo shoxobchasi hamda maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ham nazoratga olingan.
👩‍💼 Mas’ul deputat: Mardanova Dilfuza Abdixalilovna
🤝 Biriktirilgan mas’ul: A. Toirov
📌 Belgilangan vazifalar ijrosi har hafta va har ikki haftada monitoring qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘riladi.
Deputatlik nazorati — aholi muammolarini aniqlash, ijroni kuzatish va amaliy natijaga erishishga qaratilgan. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!