🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari F.Muxtorov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida korxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning muddatida ko‘rib chiqilishi, tizimga qayd etilishi hamda aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechimi holati tahlil qilindi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davrida elektr ta’minotidagi uzilishlar va infratuzilmani yaxshilashga oid murojaatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Nazorat yakunida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish yuzasidan korxona mutasaddilariga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.