Yangiliklar

Ta’lim muassasasidagi holat deputatlar e’tiborida

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Abduraimov, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda Kengash deputati S.Xodjayevalar Termiz shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi mavjud sharoitlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda o‘quv-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida “Tarbiya” fani, musiqa ta’limi, psixologik xizmat faoliyati, ushbu yo‘nalishlarning o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, ijodiy qobiliyatlari va shaxsiy rivojlanishidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabning kutubxonasi, mavjud kitob fondi, o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish va ularni mutolaaga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, o‘quvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati qayd etildi.

O‘rganish yakunida maktab faoliyatini yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish va ta’lim muassasasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 5