#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#21_band
#162_qonun
#deputat_faoliyati
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Bahoriston" mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari o‘rganildi
Bandixon tumanida mahallalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ijro intizomini ta’minlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 14-“Bahoriston” saylov okrugidan saylangan deputat S.Jumayev "Bahoriston" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, kriminogen holat va profilaktika inspektori faoliyatini o‘rgandi.
Tadbir deputatlik faoliyatining "24 ta eng muhim yo‘nalishi", O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-sonli Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-sonli qarori talablari doirasida o‘tkazildi. Monitoring jarayonida profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan manzilli ishlash, nizoli oilalardagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt bartaraf etish hamda mahallada xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar topshirildi.