Yangiliklar

KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan uchrashuvlar davomida ularning murojaatlari, takliflari va mavjud muammolari atroflicha o‘rganildi. Aniqlangan ayrim masalalar joyida hal etildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va tegishli tashkilotlar ishtirokini talab etadigan muammolar yuzasidan deputat so‘rovlari yuborish hamda ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.

Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni o‘rganish va ularning yechimini topishning muhim yo‘nalishidir.