Yangiliklar

Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi Xushnudbek Romanberganovich Sultonov “Pastom” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim Charos Hayitbayevaning ish faoliyati samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1