Yangiliklar

24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 51-SONLI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

 24-BAND IJROSI: SESSIYAOLDI O‘RGANISH — 51-SONLI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasi yuzasidan sessiyaoldi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🏫 Shu doirada Ilm mahallasida joylashgan 51-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi va qozonxonasi holati ko‘zdan kechirildi.

⚠️ O‘rganish jarayonida maktabdagi 4 dona qozon (kotel) yaroqsiz holatga kelib qolgani aniqlandi.

📌 Mazkur holat yuzasidan mavjud muammoni bartaraf etish, isitish tizimini mavsumga puxta tayyorlash hamda ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.

📍 Sessiyaoldi o‘rganish — muammoni joyida aniqlash, uni sessiya kun tartibida ko‘rib chiqish va amaliy yechimga yo‘naltirish imkonini beradi. 

Slide 1 of 3