XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMAN KENGASHI
Fuqarolar muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati tomonidan o‘zlariga tegishli saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Xalq deputatlari Bandixon Kengashi deputati E.Jurayev odamlarning dard-u tashvishlariga sherik bo‘lish, mavjud muammolarga yechim topish maqsadida tumanning Navro'z mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Yuzma-yuz muloqot chog‘ida deputat tomonidan fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.