Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Husanboyev tomonidan Shodlik mahallasida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi band bo‘lmagan yoshlarning holati, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi, ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istaklari yuzasidan ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.
Yoshlar bilan suhbat davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, bandligini ta’minlash uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy choralarni belgilash bo‘yicha takliflar bildirildi.