35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

TASDHABBUSLI BUDJET ASOSIDA QURILGAN YO‘L HOLATI O‘RGANILDI

Yangiobod SHFY hududida tashabbusli budjet loyihasi asosida qurilgan asfalt yo‘lning bugungi holati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi ekspert guruhi vakili H.Qudratov hududga chiqib, loyiha doirasida amalga oshirilgan yo‘l qurilishi ishlarining holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida asfalt qoplamasining sifati, yo‘lning umumiy holati, bajarilgan ishlarning belgilangan talablar va loyiha doirasidagi vazifalarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yo‘lning foydalanishga yaroqliligi, aholi uchun yaratilgan qulayliklar hamda yo‘l qoplamasining saqlanish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va yo‘lning sifatli holatini ta’minlash bo‘yicha mas’ullar bilan tegishli choralar muhokama qilindi.

Slide 1 of 4