#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
📑 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Sherobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati va qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish yuzasidan qaror qabul qilindi.
📌 Mazkur masala bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda doimiy komissiya a’zolarining taklif va mulohazalari asosida tegishli Doimiy komissiya qarori qabul qilindi.
📝 Qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasalarida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube