35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

“Samandarak”dagi temirchilik sanoat zonasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov tuman hokimi bilan birgalikda “Samandarak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan “Temirchilik sanoat zonasi”da olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔹Bugungi kunga qadar 100 ga yaqin tadbirkor loyiha amalga oshirish istagini bildirgan. 12 ta loyiha auksionga chiqarilgan, 10 ta obyektida qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

🔹Sanoat zonasi to‘liq ishga tushgach, 280 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

✍️ Mas’ullarga ishchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, jumladan, oshxona, maishiy binolar hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 4