Yangiobod tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ibrohim Qarshiboyev Do‘stlik va Sovot mahallalarida bo‘lib, Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar xonadonlaridagi yashash sharoiti va mavjud muammolarni bevosita o‘rgandi.
Oilalar bilan muloqot davomida ularning ehtiyojlari tinglanib, har bir murojaatga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
Asosiy maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarni joyida o‘rganish va har bir murojaatga manzilli yechim topish.