35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

E’tibor va amaliy muloqot — xalq manfaatlari yo‘lida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Xidirova Do‘stlik mahallasidagi 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan muassasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda mavjud sharoitlar o‘rganilib, soha rivoji va bolalar uchun munosib muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputatning joylardagi o‘rganishlari — muammolarni aniqlash, xalq fikrini eshitish va amaliy yechimlar sari muhim qadamdir.

Slide 1 of 5