35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🌿 Ekologik nazorat — tabiatga mas’uliyatli munosabatdan boshlanadi!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Begmatov Bekobod davlat o‘rmon xo‘jaligi bo‘limida bo‘lib, sohadagi ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔎 Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-363-son Qonuni ijrosi, o‘rmon va tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ekologik talablarning bajarilishi hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🌱 Tabiatni asrash — bugunning vazifasi, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.

Slide 1 of 2