35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Ulanqul MFYda deputatlik faoliyati o'rganildi: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiya raislari ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi

Ulanqul MFYda deputatlik faoliyati o'rganildi: Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiya raislari ishtirokida o'rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyati mudiri hamda Kengashning doimiy komissiya raislari tumandagi "Ulanqul" mahalla fuqarolar yig'inida bo'lib, hududda saylangan xalq deputatlarining faoliyatini yaqindan o'rgandilar.

O'rganish jarayonida deputatlarning o'z saylov okruglarida amalga oshirayotgan ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati, shuningdek, mahalliy muammolarni hal etish borasidagi tashabbuslari atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining ahvoli, infratuzilmani yaxshilash va aholi turmush darajasini yuksaltirish yo'nalishida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar yuzasidan muloqotlar o'tkazildi.