Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat F.Turayev tomonidan M.Ulug'bek mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish, hududlarni obodonlashtirish, umumiy foydalanishdagi joylarning saqlanishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatiga e’tibor qaratildi.
📌 Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish hamda aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.