35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Bog‘ot tumanida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga mablag‘ ajratildi

Qarorga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tumandagi aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etishga 225 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Mazkur mablag‘lar aholiga qulay sharoit yaratish hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.

Mablag‘larning belgilangan tartibda va maqsadli sarflanishi mas’ul tashkilotlar zimmasiga yuklatildi.