35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

BOGʻOT TUMANIDA ICHKI YOʻLLAR BOʻYICHA MANZILLI ROʻYXAT YANGILANDI

 Jumladan, Oqtepa mahallasidagi “Yangi qadam” va “Sayohat” koʻchalari oʻrniga “Sohil boʻyi 1-tor” va “Milliylik” koʻchalari kiritildi.

Shuningdek, Ustalar mahallasidagi “Jonkuyar” koʻchasining taʼmirlash masofasi 40 metrga uzaytirildi hamda Abu Rayhon Beruniy, Bogʻiston, Oq oltin va Gulshan mahallalaridagi yana 4 ta koʻcha roʻyxatga qoʻshimcha kiritildi.

Mazkur oʻzgartirishlar aholi bilan muloqotlar davomida aniqlangan ehtiyojlarni inobatga olgan holda amalga oshirildi.