ORZUMAND VA YAKKABOG' KO‘CHASIDAGI PIYODALAR YO‘LAKCHASI QURILISHI DEPUTATLAR NAZORATIDA
✅ Tuman markazidagi Olmazor ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay sharoit yaratish, aholi va piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Mazkur ishlar doirasida 2 kilometr uzunlikda piyodalar yo‘lakchasi qurish, 2 kilometr masofaga temir-beton lotoklar o‘rnatish, 0,5 kilometr qismiga asfalt yotqizish hamda 76 dona tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
✅ Piyodalar yo‘lakchasini qurish jarayoni Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, kotibiyat mudiri O‘.Murodov, deputatlar Z.O‘zbekova va S.Majidovalar birgalikda joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifat ko‘rsatkichlari hamda belgilangan talablarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.
✅ O‘rganish jarayonida piyodalar yo‘lakchasi qurilishida ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, ayrim joylarda ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, qurilatgan yo‘lakchalarning sifati va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xavfsizligi, yo‘lakcha asosini tayyorlash va obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etishga e’tiborni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
✅ Deputatlar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan me’yor va talablar asosida sifatli bajarish hamda piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅ Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, qurilish jarayonini muntazam o‘rganib borish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligi ta’kidlandi.
✅ Olmazor ko‘chasida mazkur ishlar to‘liq va sifatli yakunlanishi natijasida aholi, piyodalar hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.